Telegram botingizni kod yozmasdan ishga tushiring
Referal konkurs, menyu-kurs yoki pullik kanal boti — tayyor turini tanlang, BotFather tokenini kiriting. Server, xavfsizlik va to'lovlar bizda, siz esa hammasini qulay paneldan boshqarasiz.
To'rt qadam — va botingiz ishlayapti
Dasturchi yollash, server sotib olish yoki kod yozish shart emas. Hammasi brauzerda.
Telefon raqam bilan kiring
Raqamingizni yozing — @bothub_uzbot sizga 6 xonali kod yuboradi. SMS ham, parol ham kerak emas.
Bot turini tanlang
Katalogda har bir turning imkoniyatlari, ochish narxi va oylik tarifi ochiq yozilgan.
Tokenni ulang
@BotFatherda /newbot orqali bot yarating va tokenni kiriting. U tekshiriladi va shifrlab saqlanadi.
Balansni to'ldiring
Kartaga o'tkazib, chek rasmini yuklang. Tasdiqlangach ochish narxi yechiladi va bot darhol ishga tushadi.
Vazifangizga mos tayyor bot
Har bir tur — o'ylab chiqilgan mahsulot: sozlamalar, postlar va statistika bir joyda.
LinkGiver
Referal konkurs botUserlar do'stlarini taklif qilib ball to'playdi, belgilangan ballga yetganda mukofot avtomatik beriladi.
- Majburiy a'zolik (kanal, guruh, join request)
- Shaxsiy referal link va taklif posti
- Ball berish rejimini tanlash
- Bir nechta mukofot bosqichi
- Top reyting va broadcast
Kargo bot
Kargo kompaniyalari uchunMijozlar va yuklar bilan ishlash uchun to'liq sozlanadigan bot. Hozir ustida ishlayapmiz.
- Mijoz ID ro'yxati (passport, tasdiqlash)
- Xitoy ombori manzili
- Trek kod kuzatuvi (Excel)
- Avtomatik otchet va to'lov (chek)
- Yetkazish usullari
Menyu bot
Kontent / kurs botiIstalgan chuqurlikdagi tugmalar menyusi: har bir tugmada postlar, kanal postlari va fayllar.
- Cheksiz ichma-ich menyu
- Kanal postlarini ulash (link yoki forward)
- Pastki yoki inline tugmalar
- Majburiy a'zolik
- Xabar yuborish va statistika
Pullik kanal
Pullik obuna botiYopiq kanal yoki guruhga pullik obuna: tariflar, chek orqali to'lov va avtomatik bir martalik havola.
- Bir nechta tarif (muddat va narx)
- Chekni guruhda yoki dashboardda tasdiqlash
- Bir martalik kirish havolalari
- Muddati tugaganlarni avtomatik chiqarish
- Eslatmalar va Excel eksport
Bot egasiga kerak bo'lgan hamma narsa
Pastdagi bloklarni sinab ko'ring — ular paneldagi haqiqiy funksiyalarning soddalashtirilgan ko'rinishi.
Majburiy a'zolik va tugmalar joylashuvi
Kanallar, guruhlar va yopiq kanallar (join request ham a'zo deb hisoblanadi) hamda tekshirilmaydigan tashqi linklar. Tugmalarni sudrab, qatorlarga xohlagancha joylashtiring.
Klaviatura: Bo'sh joy yoki Enter — tugmani olish, strelkalar — qator ichida yoki qatorlar orasida ko'chirish, Esc — bekor qilish.
Referal rejimlari
Ball qachon berilishini o'zingiz tanlaysiz.
Mukofot bosqichlari
Bitta yoki bir nechta bosqich: N ballga yetganda post, havola yoki fayl avtomatik yuboriladi. Har bir mukofot userga faqat bir marta beriladi.
Xabar tarqatish
Rasm, video va tugmali postni barcha userlarga yuboring. Pauza, davom ettirish, to'xtatish — botni bloklaganlar avtomatik ajratiladi.
Statistika namuna
Botingiz qanday o'sayotganini kunma-kun kuzating.
Bot ichida /admin
Telefoningizdan ham boshqaring — qo'shimcha adminlar qo'shish mumkin.
Xavfsiz va barqaror
Shaffof narx: bir martalik ochish + oylik server
Oylik to'lov faqat faol userlar soniga bog'liq — botni bloklaganlar hisoblanmaydi. Botingiz o'sgan sari to'laysiz.
Sizning hisob-kitobingiz
- Har davr boshida balansdan avtomatik yechiladi — oldindan to'lov.
- Balans yetmasa, 3 kun muhlat beriladi, keyin bot vaqtincha to'xtaydi.
- Ma'lumotlar o'chmaydi: balans to'ldirilishi bilan bot o'zi tiklanadi.
Ichki balans — oddiy va nazoratli
Barcha to'lovlar bitta balans orqali. Har bir yechim tarixda ko'rinadi.
1. Kartaga o'tkazing
Panelda ko'rsatilgan kartalardan biriga istalgan summani o'tkazing.
2. Chekni yuklang
To'lov cheki rasmini panelga yuklang — zayavka darhol operatorga boradi.
3. Balans to'ldiriladi
Tasdiqlangach balans oshadi va @bothub_uzbot sizga xabar yuboradi.
Balans tugasa nima bo'ladi?
Hech narsa yo'qolmaydi — bot faqat vaqtincha to'xtaydi.
- FaolOylik to'lov yechildi
- OgohlantirishBalans yetmadi
- 3 kun muhlatBot ishlashda davom etadi
- To'xtatildi"Bot vaqtincha ishlamayapti"
- Avtomatik tiklanadiBalans to'ldirilishi bilan
Ko'p so'raladigan savollar
Javob topmadingizmi? Panelga kiring yoki platforma boti orqali yozing.
Telegram akkaunt, telefon raqam va @BotFather'dan olingan bot tokeni. Boshqa hech narsa.
BoshlashYo'q. Bot turini tanlaysiz, matn va tugmalarni paneldan yozasiz, kanallarni qo'shasiz — qolganini BotPro bajaradi. Server, kod va yangilanishlar bizning zimmamizda.
Telegram'da @BotFather'ni oching, /newbot buyrug'ini yuboring, botga nom va username bering. BotFather bergan tokenni BotPro'ga kiriting — u avtomatik tekshiriladi va shifrlangan holda saqlanadi.
Botni bloklamagan barcha userlar. Bloklaganlar oylik to'lov hisobiga kirmaydi, shuning uchun faqat haqiqiy auditoriyangiz uchun to'laysiz.
Yo'q. Avval ogohlantirish keladi va 3 kun muhlat beriladi. Shundan keyin ham to'ldirilmasa, bot vaqtincha to'xtaydi va userlarga "bot vaqtincha ishlamayapti" deb javob beradi. Barcha userlar, ballar va sozlamalar saqlanadi — balans to'ldirilishi bilan bot avtomatik tiklanadi.
Siz — web paneldan va bot ichidagi /admin buyrug'i orqali. Kerak bo'lsa, botga qo'shimcha adminlar qo'shishingiz mumkin.
Ha. Bitta akkauntda turli turdagi bir nechta bot ochishingiz mumkin — har biri o'z tarifi bo'yicha alohida hisoblanadi va umumiy balansdan to'lanadi.
Birinchi botingizni bugun oching
Telefon raqamingiz bilan kiring, bot turini tanlang — bir necha daqiqadan so'ng u userlaringizni kutib oladi.